Skip to content

Write first view

Bu darsda browser oynasiga biror matnni qanday chiqarishni o'rganamiz. Buning uchun product/views.py ichiga quyidagi kodni yozamiz.

python
from django.http import HttpResponse

def example(request): # har doim request argumenti bilan keladi
    return HttpResponse("Salom. Bu sizning djangodagi birinchi matningiz.")
from django.http import HttpResponse

def example(request): # har doim request argumenti bilan keladi
    return HttpResponse("Salom. Bu sizning djangodagi birinchi matningiz.")

Saytning biror manzilida (masalan, example.com/test/ yoki text.uz/qoida/) nima ko'rinishini, qanday amal bajarish kerakligini biz views.py fayliga yozamiz.

Endi biz example funksiyasi ishlashi uchun yuqoridagiga o'xshab, biror manzilga bog'lashimiz kerak. config/urls.py fayliga kirib, quyidagicha o'zgartirish kiritamiz.

python
from django.contrib import admin
from django.urls import path, include

from product.views import example

urlpatterns = [
    path("admin/", admin.site.urls),
    path("example/", example)
]
from django.contrib import admin
from django.urls import path, include

from product.views import example

urlpatterns = [
    path("admin/", admin.site.urls),
    path("example/", example)
]

example/ manzilida example funksiyasini ro'yxatdan o'tkazdik. Bizning asosiy manzil hozirda http://127.0.0.1:8000 bo'lgani uchun browserda http://127.0.0.1:8000/example/ manziliga kirsak, example funksiyasi ishga kiradi.

Tavsiya

Tushunish oson bo'lishi uchun manzil nomini funksiya nomi bilan bir xil qilgan yaxshi.