Create new project
Djangoda ishni yangi proyekt ochishdan boshlaymiz. Buning uchun quyidagi qadamlarni bajaramiz.
- Proyekt uchun papka ochib olamiz. Papkani odatda
Documentsichidan ochiladi, lekin siz istalgan papkaning ichiga ochishingiz mumkin.
mkdir onlineShopmkdir onlineShop- proyektimiz uchun
onlineShoppapkasini ochdik. Endi uning ichiga kiramiz.
cd onlineShopcd onlineShop- proyekt uchun
virtual environmentyaratib olamiz.
python3 -m venv venvpython3 -m venv venvyoki
python -m venv venvpython -m venv venvvirtual environmentni aktivatsiya qilib olamiz.
. venv/bin/activate. venv/bin/activatedjangoni o'rnatib olamiz.
pip install djangopip install django- ana endi
djangoda proyekt yaratamiz.
django-admin startproject config .django-admin startproject config .Shunday qilib, proyektimiz onlineShop papkasining ichida turadi va proyekt bilan ishlash uchun istalgan editorda onlineShop papkasini ochib ishlashimiz mumkin. Editor sifatida Pycharm, VS Code, Sublime Text va boshqalardan foydalanishingiz mumkin.
Maslahat
Editor sifatida Pycharm Professional Editionni ishlatishni maslahat beraman. Boshqa editorlar bilan solishtirganda bu editor aynan python va uning framevorklari bilan ishlash uchun ishlab chiqilgan.
Proyektni ishga tushirish har doim proyekt papkasining ichiga kirib, virtual environmentni aktivatsiya qilib, quyidagi komandani teramiz.
./manage.py runserver./manage.py runserverIshga tushgan proyektni o'chirib qo'yish uchun Ctrl+C ni bosamiz.