Skip to content

Create application

Djangoda turli xil proyektlar qilish mumkin. Oddiydan to murakkab ko'rinishgacha. Barcha kodni bitta faylga yozish esa keyinchalik unga o'zgartirish yoki kerak kodni topib olishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Shuning uchun djangoda ish muhitini osonlashtirish uchun application degan atama bor. Application orqali siz proyektni bir necha mantiqiy qismlarga ajratib, ishlash muhitingizni ancha qulay qililb olishingiz mumkin.

Application yaratib olish uchun proyektimizni editorda ochib olamiz va terminalda quyidagi komandani teramiz.

bash
./manage.py startapp product
./manage.py startapp product

Yuqoridagi komanda orqali product nomli application yaratildi va u config papkasi bilan yonma-yon turadi.

text
config/
product/
manage.py
config/
product/
manage.py

Proyektimizda endi product nomli application bor. Endi uni proyektimizda ro'yxatdan o'tkazib qo'yishimiz kerak. Buning uchun config/setting.py faylini ochamiz.

python
...

INSTALLED_APPS = [
    ...,
    
    'product'
]
...

INSTALLED_APPS = [
    ...,
    
    'product'
]

Shu bilan product application proyektimizda ro'yxatdan o'tkazildi.