Introduction to models
Proyekt qilganimizda biz ma'lumotlar bilan ishlaymiz. Ma'lumotlarni esa bazada saqlaymiz. Aynan ma'lumotlarni bazada qanday ko'rinishda saqlanishini model orqali boshqaramiz.
Masalan onlayn savdo bo'yicha proyekt qilganimizda bizda kategoriyalar, mahsulotlar, foydalanuvchilar va boshqa turdagi ma'lumotlar bo'ladi.
Ularning har biri uchun djangoda biz model tuzamiz. Masalan mahsulotlar haqidagi ma'lumotlar jadval ko'rinishida taxminan quyidagicha bo'lishi mumkin:
| id | nomi | narxi | tavsifi | kategoriya |
|---|---|---|---|---|
| 1 | olma | 10000 | Shirin | meva |
| 2 | koptok | 250000 | Charmdan qilingan | sport |
| 3 | neksiya | 125000000 | Tezkor | moshina |
Jadval asosida djangoda model tuzadigan bo'lsak, u quyidagi ko'rinishda bo'ladi.
from django.db import models
class Mahsulot(models.Model):
nomi = models.CharField(max_length=50)
narxi = models.IntegerField()
tavsifi = models.TextField()
kategoriya = models.ForeignKey(Kategoriya, on_delete=models.RESTRICT)from django.db import models
class Mahsulot(models.Model):
nomi = models.CharField(max_length=50)
narxi = models.IntegerField()
tavsifi = models.TextField()
kategoriya = models.ForeignKey(Kategoriya, on_delete=models.RESTRICT)Bu yerda modelimiz Mahsulot deb nomlandi. nomi, narxi, tavsifi, kategoriya esa modelning fieldlari deyiladi.
E'tibor bergan bo'lsangiz, jadvaldagi id modelda yozilmagan. Sababi django avtomatik ravishda modelga id fieldini qo'shib qo'yadi.
TIP
Model ma'lumotlar bazasidagi tablega to'g'ri keladi.